Xo'jaobod tumanida sanoat quvvatlarini kengaytirish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda. "Yangi hayot" mahallasidagi erkin iqtisodiy zonada uzunligi 3 kilometr bo'lgan ichimlik suvi tarmog'i tortilmoqda.
Loyiha doirasida ikkita yangi suv qudug'i qazilib, har biri 500 kub metr sig'imga ega uchta suv saqlash inshooti barpo etilmoqda. Ishlar yakunlangach, hududdagi 30 dan ortiq yirik ishlab chiqarish korxonasi uzluksiz va sifatli suv bilan ta'minlanadi.
Belgilangan reja asosida olib borilayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari, avvalambor, sanoat korxonalarining barqaror ishlashiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu ishlar tumanning investitsiyaviy jozibadorligini va iqtisodiy taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.